Namangan davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, doktorantlarning dissertatsiya ishlari holatini tizimli tahlil qilish hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida 3-kurs doktorantlari ishtirokida monitoring uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abdug‘affor Nazarov, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Boburjon Ergashev, shuningdek, 3-kurs doktorantlar ishtirok etdilar.

Monitoring jarayonida doktorantlarning dissertatsiya ishlari mavzulari, ilmiy izlanishlarning amaldagi holati, e’lon qilingan ilmiy maqolalar, xorijiy va mahalliy ilmiy bazalardagi faolligi, shuningdek, belgilangan individual rejalarning bajarilish darajasi atroflicha muhokama qilindi. 

Mazkur monitoring doktorantlarning ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image