Mazkur yig‘ilishda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  Abdug‘affor Nazarov ishtirok etib, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, dissertatsiya ishlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar hamda ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy maqolalar nashri, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, grant va innovatsion loyihalarga jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Prorektor o‘z so‘zida ilmiy faoliyatni rivojlantirishda professor-o‘qituvchilarning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab, ularni ilmiy izlanishlarga faol jalb etish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy rahbarlik faoliyatini kuchaytirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, dissertatsiya ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur uchrashuv ilmiy muhitni yanada mustahkamlash, pedagogika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image