Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda fakultetning ilmiy-pedagogik faoliyati, mavjud salohiyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida har bir kafedra kesimida ilmiy-pedagogik salohiyatning bugungi holati tahlil qilinib, xususan, professor-o‘qituvchilarning umumiy soni, ularning ilmiy darajasi va ilmiy unvonlarga ega bo‘lish ko‘rsatkichlari, ilmiy unvonlilarning foiz nisbatlari, yosh mutaxassislarning ilmiy va pedagogik faoliyatdagi ishtiroki masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor tomonidan ilmiy salohiyatni yanada oshirish, xalqaro reyting va ko‘rsatkichlarni yaxshilash, yosh o‘qituvchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda nufuzli xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar sifatini oshirish va zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida fakultet jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilarning taklif va mulohazalari tinglandi hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image