#Seminar_trening
Seminarda kafedra mudirlari, har bir kafedradan HEMIS tizimiga mas’ul etib belgilangan bir nafardan professor-o‘qituvchi hamda fakultet dekanlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Mazkur seminar universitetda raqamli boshqaruv tizimlarini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda HEMIS platformasidan to‘liq va tizimli foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Seminar davomida tizimning dekan va kafedra mudiri rollaridagi funksional imkoniyatlari, o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishdagi ahamiyati, mavjud modullardan to‘laqonli foydalanish tartibi, shuningdek, tizimga yangi joriy etilgan cheklovlar hamda yangilangan versiyalardagi qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Universitetning HEMIS tizimi bo‘yicha administratori M.Qurbоnov tomonidan tizimdan foydalanish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, seminar jarayonida ishtirokchilar o‘z xizmat faoliyati davomida tizimda duch kelayotgan muammolar, taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda ular yuzasidan aniq va amaliy tavsiyalar oldilar.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati