Namangan davlat universitetida hafta (9–14-fevral kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti

#HaftalikDayjest

➖ Namangan davlat universiteti Yuridik fakultetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7187).

➖ Filologiya fakulteti o‘qituvchisi Abdujabbor Amanovning Alisher Navoiy haqidagi «Komil insonning o‘ziga xos talqini» nomli maqolasi Namangan haqiqati gazetasida chop etildi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7194).

➖ Universitetda Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7243)

➖ Tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan 1–2-bosqich talabalari ota-onalari uchun navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7255).

➖ Namangan davlat universiteti delegatsiyasi Qirgʻiz-Turk Manas universitetiga tashrif buyurdilar (https://t.me/Namdu_xabarlari/7262).

➖ Ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha murojaat bot ishga tushirildi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7269).

➖ Filologiya fakultetida teleradiokanali ijodiy jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7271).

➖ Tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalari ota-onalari uchun navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7272).

➖ Jahon tillari fakulteti rahbariyati talabalar turar joyida o‘rganish ishlarini olib bordi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7292?single).

➖ Fizika-matematika fakultetida “Bobur – shoh va shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7301).

➖ Filologiya fakultetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7311).

➖ Universitet rektori guruh sardorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7322).

➖ Namangan davlat universiteti delegatsiyasi Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti tashrif buyurdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7340).

➖ Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 2-mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasiga Yuridik fakultetining bir guruh talabalari olib borildi. (https://t.me/Namdu_xabarlari/7351)

➖ Namangan davlat universitetida bahor faslining milliy va qadimiy an’analarini aks ettiruvchi sumalak tayyorlandi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7356).

➖ Taniqli matematik olim Ahmadali Mashrabboyev 75 yoshida vafot etdi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7360).

➖ «HEMIS axborot tizimining yangilangan va takomillashtirilgan funksiyalaridan samarali foydalanish» mavzusida seminar o‘tkazildi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7361).

➖ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazildi (https://t.me/Namdu_xabarlari/7371).

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image