Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda universitet Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X.Hoshimov, profilaktika inspektori D.Karimov, fakultet dekani Q.Sidiqov, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida, talaba yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop vositalari muomalasiga qarshi kurashish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image