Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida tahsil oluvchi talabalarning ota-onalari bilan yig'ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, profilaktika inspektori ishtirok etib, talabalar davomatini muntazam nazorat qilish, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, giyohvandlik va psixotrop vositalarining muomalasiga qarshi kurashish masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarning darsdan tashqari faoliyati, to‘garaklar va ijtimoiy-ma’naviy tadbirlardagi ishtiroki, intizom va mas’uliyat masalalariga to'xtalib o'tildi.

Yig'ilish so'ngida ota-onalar tomonidan berilgan savollarga mas'ullar tomonidan atroflicha javoblar berilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image