Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari sohiblari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirda universitet birinchi prorektori I.Odilov, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Ergashev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M.Habibullayev hamda joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida rektor stipendiantlarni erishgan yuksak natijalari bilan samimiy muborakbod etib, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startap loyihalarni ilgari surish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuv yakunida bir qator iqtidorli talabalarning ota-onalariga universitet rektori tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati