Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida talaba-yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlikning jamiyat va iqtisodiyotga salbiy ta’siri haqida chuqur tushuncha hosil qilish maqsadida “Giyohvandlikning iqtisodiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’ruzachi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Tojiboyev tomonidan giyohvandlik oqibatida sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ortiqcha yuk, huquqni muhofaza qilish organlari xarajatlarining ortishi, mehnat unumdorligining pasayishi hamda ishchi kuchi sifatining yomonlashuvi kabi masalalar keng yoritildi. 

Davra suhbati jarayonida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, giyohvandlikka qarshi kurashishda profilaktika choralarining ahamiyati, ayniqsa yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligini alohida qayd etdilar. 

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image