Mazkur yig‘ilishda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Usmanova, profilaktika inspektori D.Karimov, Biotexnologiya fakulteti dekani A.Batoshov, Marketing bo‘limi boshlig‘i I.Raximov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27-yanvar kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibatlari, joriy semestr sessiyasi yakunlari hamda guruhlar kesimida talabalar bilim darajasi va baholari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati qayta tushuntirildi, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlaridan foydalanish madaniyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image