Mazkur yig‘ilishda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Usmanova, Marketing bo‘limi boshlig‘i I.Raximov, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Sh.Xaydaraliyev, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibatlari, joriy semestr sessiyasi yakunlari hamda guruhlar kesimida talabalar bilim darajasi va baholari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati qayta tushuntirildi, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlaridan foydalanish madaniyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, kontrakt to‘lovlari, HEMIS axborot tizimidagi davomot holati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ota-onalar bilan atroflicha fikr almashildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati