Tashrif davomida issiqxonada olib borilayotgan agrotexnik ishlar, o‘simliklarni parvarishlash jarayonlari hamda mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar tomonidan issiqxonada yetishtirilayotgan ko‘chatlarning holati, ularni parvarish qilish texnologiyasi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ayni paytda mazkur issiqxonada 3000 ga yaqin gul urug‘lari unib chiqmoqda. Ushbu ko‘chatlarni sifatli parvarish qilish, ularning vegetatsiya davrini to‘liq ta’minlash hamda bahor faslida universitet hududini obodonlashtirish maqsadida hududlarga ekish rejalashtirilgan.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image