“Yoshlar kuni” doirasida “Har bir yosh — Ichki ishlar organlarining doimiy e’tiborida” shiori ostida Namangan davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida Zakovat musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ichki ishlar organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar mantiqiy savollar, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlikni talab etadigan shartlar asosida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbirda Namangan viloyatiIIB JXX HXB boshlig‘i o‘rinbosari Zuhra Karimova ishtirok etib, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image