Namangan davlat universitetida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdurauf Jumanov viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hududdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar bandligini ta’minlash, bitiruvchi bosqich talabalari uchun munosib ish o‘rinlari yaratish hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarning o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishi uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali va maqsadli foydalanish, mazkur jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali turli salbiy illatlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, yoshlar ongida yot va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image