Biotexnologiya fakultetida Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Rossiya Fanlar akademiyasining Pushchino biologik tadqiqotlar ilmiy markazi, Mikroorganizmlar biokimyosi va fiziologiyasi instituti huzuridagi Butunrossiya mikroorganizmlar kolleksiyasi (VKM) yetakchi ilmiy xodimi, professor Temraleyeva Anna tomonidan Zoom platformasi orqali “Zamonaviy algologiyaning metodlari va dolzarb muammolari” mavzusida onlayn ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Professor Temraleyeva ma’ruza davomida zamonaviy algologiya fanining rivojlanish yo‘nalishlari, suv o‘tlarini o‘rganishda qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar, algologik kolleksiyalar bilan ishlash prinsiplari hamda mikrosuvo‘tlar va sianobakteriyalarning ekologiya, biotexnologiya va biopreparatlar yaratishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, xalqaro ilmiy markazlarda olib borilayotgan tadqiqotlar, laboratoriya metodlari, mikroorganizmlar kolleksiyalarini saqlash va molekulyar identifikatsiya qilish bo‘yicha muhim tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’ruza yakunida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ilmiy savollar bilan murojaat qildilar. Professor tomonidan berilgan savollarga batafsil va ilmiy asoslangan javoblar berildi, bu esa tinglovchilar uchun katta ilmiy qiziqish uyg‘otdi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati