Uzoq yillar davomida Namangan davlat universitetida samarali faoliyat yuritgan, jamoa orasida o‘zining fidoyiligi, mas’uliyati va insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongan Dalaboyev Foziljon Esonovich shu yil 10-mart kuni 54 yoshida vafot etdi.
Foziljon Dalaboyev 1972-yil 16-mayda Chust tumanida tug‘ildi. 1995-yilda Namangan davlat universitetini o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligini tamomlagan. 2019-yildan Namangan davlat universiteti Sirtqi bo‘limida uslubchi, 2025-yildan hozirgi kunga qadar esa O‘quv-uslubiy boshqarmada uslubchi sifatida mehnat faoliyatini olib borib, ta’lim jarayonini rivojlantirish, talabalarning bilim olishi va universitet taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qildi.
Namangan davlat universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari, do‘stlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati