IQTIDORLI TALABALARIMIZNING YUTUQLARI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA

🔹 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari davom etmoqda.

🔹 Bugun, ushbu tanlovning Uchqo‘rg‘on tumani hamda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

🔹 Mazkur bosqichda yangi natija qayd etilib, bir kunda 3 nafar Namangan davlat universitetining iqtidorli talabalari mutloq g‘olib sifatida e’tirof etildi. Bular:

🔹  Jahon tillari fakulteti talabasi  Shermirzayeva Mahliyo “Smart IV  controller” loyihasi bilan;
🔹  Biotexnologiya fakulteti talabasi Tursunova Dildora “Aqlli hamyon” loyihasi bilan;
🔹  Tabiiy fanlar fakulteti talabasi  Qo‘qonboyeva Sug‘diyona “Aqlli sug‘orish tizimi” loyihasi bilan g‘olib bo‘ldi.

🔹 Ushbu talabalar viloyat bosqichiga yo‘llanma olish bilan birga 6.2 mln so‘m miqdorida pul mukofotini ham qo‘lga kiritishdi.

🔹 E’tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Norin tumani bosqichlarida ham 4 nafar talabamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 7 nafarga yetib, jami 14 mln 420 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

🔹 Ma’lumot uchun 11-mart kuni Uychi tumani bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image