#YoshlarKuni #Uchrashuv 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik G‘aybullo Hojiyev talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarni turli zararli g‘oya va illatlardan asrash hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash kabi muhim masalalar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ilm-fan va ijodiy faoliyatga keng jalb etish orqali turli salbiy holatlarning oldini olish muhim ekani ta’kidlandi.

Muloqot jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ular ichki ishlar organlari faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image