Iqtidorli talabalarimiz natija ko‘rsatishda davom etmoqda


🔹 Avval xabar berganimizdek “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Norin tumani bosqichi o‘tkazildi. 

🔹Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko‘rsatkich bilan quyidagi 2 nafar talabamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 4.2 mln so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘lishdi. Bular: 

🔹 Mirzayeva Ruxshona - Fizika-matematika fakulteti, Fizik mini labaratoriya loyihasi bilan;

🔹 Turg‘unova Aziza - Biotexnologiya fakulteti, Sog‘lom turmush tarzi loyihasi bilan;

🔹 Ma’lumot uchun 10-mart kuni Uchqo‘rg‘on tumani bosqichi bo‘lib o‘tadi.

👏💐Tanlovda ishtirok etayotgan barcha talabalarimizga omad tilab, yaxshi natijalarni kutib qolamiz.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image