Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti talaba-yoshlari Yoshlar kuni munosabati bilan Jazoni ijro etish departamentining 2-mintaqaviy hududi tasarrufidagi 6-sonli jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida muassasada jazoni o‘tayotgan yosh mahkumlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida mahkumlar sodir etgan jinoyatlaridan pushaymon ekanliklarini bildirib, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, ular yoshlarni qonunga hurmat bilan qarashga, noto‘g‘ri yo‘ldan yiroq bo‘lishga hamda hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashga chaqirdilar.
Talaba-yoshlar jazoni ijro etish muassasasining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Xususan, ularga muassasaning ichki tartib-qoidalari, mahkumlarning jazoni o‘tash jarayoni, muassasa boshqaruvi tizimi hamda qonunlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati