Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Nazarov universitet hamda fakultetlar Yoshlar akademiyasi liderlari, davlat stipendiyalari sohiblari va faol talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limining ilmiy va strategik maqsadlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bo‘lim tomonidan talabalarning ijtimoiy hamda ilmiy-innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, turli respublika va xalqaro tanlovlar hamda Namangan davlat universitetida talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida bo‘lim tarkibiy tuzilmasidagi yetakchi-liderlar oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor strategik vazifalar belgilab olindi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image