O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sharif Mo‘minov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdumalik Akramov Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan startap hamda ilmiy-innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Ular talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan g‘oyalar, innovatsion ishlanmalar va amaliy ahamiyatga ega loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar oldilar. 

Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, loyihalarning istiqbollari, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tashrif doirasida universitetda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, universitetda faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklari, ularning faoliyati, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va mavjud infratuzilma bilan tanishildi.

Shuningdek, mehmonlar universitetning talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda talabalar uchun yaratilgan yashash, dam olish va ta’lim olish sharoitlari bilan tanishdilar. Talabalar turar joylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ilmiy va madaniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image