Namangan davlat universitetida sportning voleybol, futzal, stol tennisi, shaxmat-shashka va badminton turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqalari boshlandi. Tantanali ochilish marosimida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sharif Mo‘minov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdumalik Akramov ishtirok etib, sportchi talaba-yoshlarga omad va zafarlar tiladi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda talaba-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotida sportning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlab, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Mazkur musobaqalarda universitetning barcha fakultetlaridan jamoalar ishtirok etib, bir necha kun davomida g‘oliblik uchun bahs olib boradi. “Rektor kubogi” esa nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sport madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim sport bayrami sifatida ahamiyat kasb etadi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image