Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakultetiga Tomsk davlat universiteti professori Aleksandr Leonovich Ebel va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojibayev tashrif buyurib, fakultet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Dastlab Aleksandr Leonovich Ebel “Sibir hududidagi invaziv o‘simliklarni o‘rganishda fuqarolik ilm-fanining roli” mavzusida hamda iNaturalist platformasi va uning imkoniyatlari haqida qiziqarli ma’ruza qildi. Mazkur ma’ruza talabalarda katta taassurot qoldirdi va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Shundan so‘ng akademik Komiljon Tojibayev barcha talabalar va tadqiqotchilarni tabiatni, xususan o‘simliklar dunyosini faol kuzatishga, ularni asrab-avaylashga hamda iNaturalist platformasida faol bo‘lishga chaqirdi. 

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilmiy loyihalar tayyorlash, turli tanlovlar tashkil etish mumkinligini ta’kidlab, bunday tashabbuslarni amalga oshirishni istagan talabalar va tadqiqotchilarni Botanika instituti har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tadbir yakunida Biotexnologiya fakulteti dekani Avazbek Batoshov mehmonlarga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image