⭐️ “Jadidlar haqida insholar tanlovi” g‘oliblari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularidagi insholar tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Quyida tanlov g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:
🥇1-o‘rin – Rahimberdiyeva Xusnidaxon Rustamjon qizi — Filologiya fakulteti;
🥈2-o‘rin – Habibullayeva Lobarxon Nazirjon qizi — Jahon tillari fakulteti;
🥉3-o‘rin – Usmonaliyeva Odina Erkinjon qizi — Biotexnalogiya fakulteti.
⭐️ “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi g‘oliblari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Quyida tanlov g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:
“Eng yaxshi rasmlar” tanlovi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin – Tursunaliyev Muhammadqodir Muhamadyunus o‘g‘li — San’at va sport fakulteti;
🥈2-o‘rin – Yuldosheva Firdavs Rasuljon qizi — Jahon tillari fakulteti;
🥉3-o‘rin – Yuldasheva Maftuna Baxromjon qizi — Biotexnalogiya fakulteti.
“Eng yaxshi insholar” tanlovi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin – Muhammadjonova Gulasal Mo‘minjon qizi — Yuridik fakulteti;
🥈2-o‘rin – Abdullaxonova Soliyaxon Bahodir qizi — Tabiiy fanlar fakulteti;
🥉3-o‘rin – Xolmatova Qoriyaxon Sherzod qizi — Jahon tillari fakulteti.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan talaba-yoshlar @Bakhtiyorov5555 bog‘lanishlari so‘raladi!
Universitet jamoasi nomidan g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.