🔹 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari davom etmoqda.
🔹Ushbu tanlovning Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Xonabod tumani bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda yangi natija qayd etilib, 8 nafar Namangan davlat universitetining iqtidorli talabalari mutlaq g‘olib sifatida e’tirof etildi. Bular:
🔹 Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Vahobov Diyorbek - “Aqlli avto yordamchi” loyihasi bilan;
🔹 Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Odilxonov Azizxon - “Tuproq namligi va havo namligini o‘lchovchi aqlli meteorologik qurilma” loyihasi bilan;
🔹 Iqtisodiyot fakulteti talabasi Soliyev Saidmirzo - “Smart oshxona” loyihasi bilan;
🔹 Biotexnologiya fakulteti talabasi Sharipova Mushtariy - “Golubika o‘simligini in vitro sharoitida ko‘paytirish” loyihasi bilan;
🔹 Fizika-matematika fakulteti talabasi Abdulbositova Muborak - Ko‘zi ojizlar uchun platforma loyihasi bilan;
🔹 Biotexnologiya fakulteti talabasi Nazirjonova Gulasal - “Airmed” loyihasi bilan;
🔹 Fizika-matematika fakulteti talabasi Tursunaliyeva Sevinch - Binolar oynasini tozalash loyihasi bilan;
🔹 Fizika-matematika fakulteti talabasi Hasanboyeva Sevinch - “Aqlli sovutgich” loyihasi bilan g‘olib bo‘ldi.
🔹 Ushbu talabalar viloyat bosqichiga yo‘llanma olish bilan birga 16 mln 480 ming so‘m miqdorida pul mukofotini ham qo‘lga kiritishdi.
🔹 E’tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Norin, Uchqo‘rg‘on, Uychi va Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani bosqichlarida ham 8 nafar talabamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 17 nafarga yetib, jami 35 mln so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.
🔹 Ma’lumot uchun 17-mart kuni Namangan tumani bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati