Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan universitet qoshidagi akademik litseyda bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’limga jalb etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekani Sh. Xaydaraliyev so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ularning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, u o‘z nutqida hozirgi kunda universitetda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda xalqaro hamkorlik aloqalarining izchil kengayib borayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar universitet tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image