Ramazon - mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Ramazon - mehr-...
- 17.03.2026
- 19:26
- 523
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Fakultet dekani Avazbek Batoshov boshchiligidagi jamoa tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan fakultet talabalari uchun iftorlik dasturxoni yozilib, ularga osh ulashildi.
Iftorlik dasturxonida talabalar bilan samimiy muloqotlar olib borilib, Ramazon oyining mazmun-mohiyati, uning mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida suhbatlashildi.