“Navro‘z sayli”ga marhamat

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” degan da’vatkor g‘oya asosida Namangan davlat universitetida 24-mart kuni “Navro‘z sayli” bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bayram sayli doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida turli xil tanlovlar hamda sport musobaqalari — jumladan, kurash, osh chempionati, talaba-qizlar o‘rtasida karving (meva-sabzavot bezash) musobaqasi, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda rasmlar tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovlar haqida batafsil bu yerda (http://my.namdu.uz/media/posts/image/2026/03/23/NamDU-34a80f01-bb1c-43dd-8f79-b40aded153a3.pdf)

Shuningdek, ushbu bayram tadbiri davomida universitet hududida mamlakatimizning barcha viloyatlariga xos milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar tashkil etilib, ular orqali boy madaniy merosimiz keng namoyish etiladi.

Tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishingiz mumkin.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image