Namangan davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abdug‘affor Nazarov Fizika-matematika, Tabiiy fanlar hamda Biotexnologiya fakultetlarida faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilar va olimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida hududda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ularning amaliy ahamiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Xususan, ilmiy izlanishlar mavzularini Namangan viloyatida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ishlab chiqarishdagi ehtiyojlar hamda real sektor talablari asosida shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyatdagi yirik korxona va tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, shartnoma asosida ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Uchrashuvda ilmiy natijalarni tijoratlashtirish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image