Namangan davlat universitetida talabalarning yozgi ta’til davrida bandligini ta’minlash, ularni foydali va mazmunli mehnat faoliyatiga jalb etish maqsadida bolalar oromgohlarida mavsumiy ishga taklif etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Bolalarni dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Namangan viloyati boshqarmasi madaniy va sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Xoliqov hamda viloyatdagi sog‘lomlashtirish oromgohlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalarga mavsumiy ishlarda tarbiyachi va yetakchi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatlari, oromgohlarda ishlashning afzalliklari, bolalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajriba orttirish hamda bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, bunday tashabbuslar yoshlarning nafaqat bandligini ta’minlash, balki ularda mas’uliyat, tashkilotchilik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image