Namangan davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Har bir yosh ichki ishlar xodimining doimiy e’tiborida” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuvda Namangan viloyati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik G‘aybillo Xojiyev, Filologiya fakulteti dekani Obitxon Husanxo‘jayev, universitet profilaktika inspektori Dilmurod Karimov, Filologiya va Iqtisodiyot fakultetlari tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda G‘aybillo Xojiyev so‘zga chiqib, har bir yosh davlat va jamiyat e’tiborida ekanligini, ichki ishlar organlari tomonidan ularning xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javoblar oldilar.