Namangan davlat universiteti Tasviriy va amaliy bezak kafedrasi mudiri Soliyev Hakimjon Zokirjonovich hamda mazkur kafedraning katta o‘qituvchisi Yusufjanov Qudrat Qodirjonovich ta’lim sohasidagi yuksak kasbiy mahorati, fidokorona mehnati hamda soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim jarayonidagi samarali faoliyati bilan bir qatorda universitet infratuzilmasining estetik qiyofasini yuksaltirish ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, ular tomonidan universitet binolari hamda anjumanlar zalida yaratilgan devoriy tasviriy san’at asarlari ta’lim maskanimizning badiiy qiyofasini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.
Namangan davlat universiteti jamoasi nomidan Hakimjon Zokirjonovich hamda Qudrat Qodirjonovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.