Namangan davlat universitetining “NAMDU VK” talaba-qizlar voleybol jamoasi ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining 1-tur bahslarida munosib ishtirok etdi.
Mazkur musobaqaning 1-tur uchrashuvlari Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda universitetimiz jamoasi yuqori sport mahoratini namoyon etib, barcha uchrashuvlarda ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
Jamoamiz tomonidan 1-tur doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:
1–5-o‘yinlar: NamDU – NDPI (Qoraqalpog‘iston) — 3:0, 3:0
2–6-o‘yinlar: NamDU – UrDU (Xorazm) — 3:2, 3:0
3–7-o‘yinlar: NamDU – JDPU (Jizzax) — 3:0, 3:0
4–8-o‘yinlar: NamDU – BuxDU — 3:2, 3:1
Ma’lumot o‘rnida, mazkur chempionatda jami 10 ta jamoa ishtirok etmoqda. Chempionatning 2-tur uchrashuvlari 26-apreldan 4-may kunlariga qadar Farg‘ona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda jamoamiz “B” guruhi vakillariga qarshi bahslarda maydonga tushadi.
Universiteti jamoasi nomidan murabbiylar shtabi hamda jamoa a’zolariga musobaqaning keyingi turlarida ham ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.