Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev boshchiligida universitet rahbar xodimlari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. 

Shuningdek, ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, talabalarning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, fakultetlar kesimida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash har bir rahbar va mas’ul xodimning eng muhim vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, barcha yo‘nalishlarda aniq reja va tizimli yondashuv asosida ish olib borish, natijadorlikni oshirish hamda belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image