Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida Andijon davlat tibbiyot instituti professorlari Bahromjon Abdullajonov hamda Shahnoza Yusupovalar ishtirokida “Qandli diabetni davolashning zamonaviy usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur dars davomida talabalarga qandli diabet kasalligini davolashning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion texnologiyalar hamda amaliy klinik tajribalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 

Xususan, insulinoterapiyaning yangi avlod usullari, uzluksiz glyukoza monitoringi (CGM) tizimlari, shuningdek, bemorlar uchun individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish masalalari atroflicha yoritib berildi.

Mahorat darsi davomida professorlar tomonidan real klinik holatlar asosida tahliliy muhokamalar o‘tkazilib, talabalar ishtirokida savol-javoblar tashkil etildi. Bu esa talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tavsiyalar bilan ta’minlandilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image