Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga barchamiz birdek mas’ulmiz!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Yoshlar o‘rtasi...
- 04.04.2026
- 10:33
- 286
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga oliy ta’lim muassasalari zimmasiga muhim vazifalar yuklangan.
Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Namangan viloyati Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 2-mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasiga universitet profilaktika inspektori Lola Nizamova boshchiligida Yuridik fakultetining bir guruh talabalari olib borildi.
Hibsxonada mas’ul xodimlar tomonidan jinoyatchilikning salbiy oqibatlari va uning yakuni qamoq jazosi bilan chora ko‘rilishi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.