Namangan davlat universitetida Talabalar ligasi sport musobaqalari doirasida sportning kurash turi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 90 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. 

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, epchilligi hamda sport mahoratini namoyon etib, g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng kuchli va mahoratli sportchilar aniqlanib, ular tegishli darajadagi diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image