Namangan davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining basketbol (3x3) turi bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida universitet bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan yigitlar va qizlardan iborat jami 20 ta jamoa ishtirok etib, o‘zaro murosasiz va qiziqarli bahslar orqali g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqaning yakuniy natijalari bilan tanishing:

Talaba yigitlar o‘rtasida:

🥇1-o‘rin: San’at va sport fakulteti;
🥈2-o‘rin: Iqtisodiyot fakulteti;
🥉3-o‘rin: Tabiiy fanlar fakulteti;

Talaba qizlar o‘rtasida:

🥇1-o‘rin: San’at va sport fakulteti;
🥈2-o‘rin: Biotexnologiya fakulteti;
🥉3-o‘rin: Fizika-matematika fakulteti;

Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image