Sohibqiron merosi – ma’naviy kuch va milliy g‘urur manbai
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Sohibqiron mero...
- 10.04.2026
- 19:53
- 329
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy xizmatchilar va xodimlarning ma’naviy-ruhiy saviyasini yuksaltirish, tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dotsenti Baxtiyor Xalmuratov tomonidan olib borilgan “Jahon tamaddunida Sohibqiron renessansi” mavzusidagi ma’ruzada Sohibqiron Amir Temur davrida yuzaga kelgan siyosiy barqarorlik, ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti, bunyodkorlik ishlari hamda ushbu davrning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni keng yoritildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.