Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4887-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida “Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningni universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov ochib berib, o‘z nutqida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakatining mazmun-mohiyati, uning aholi, ayniqsa, talaba-yoshlar salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha Wellness mutaxassis-maslahatchisi Gulchehra Mirzaabdullayeva tomonidan “Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilarga to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish tamoyillari, kundalik ratsionni to‘g‘ri shakllantirish, zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan seminar-trening yakunida talaba-yoshlar mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil va asosli javoblar oldilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image