Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan viloyatdagi bir qator davlat idoralari hamda tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati soliq boshqarmasi, Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Yangiqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari — Dadaxon Norqo‘ziyev, Yodgorjon Boltaboyev va Baxtiyor Xalmuratovlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarga Amir Temurning davlatchilik tarixidagi o‘rni, adolatli boshqaruv tamoyillari, buyuk merosi, markazlashgan davlat barpo etishdagi siyosiy qarashlari, tashqi siyosatdagi strategik yondashuvlari, Temuriylar davrida diplomatik aloqalar tizimining shakllanishi, shuningdek, zamonaviy xalq diplomatiyasida tarixiy merosdan samarali foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuvlar ishtirokchilarda milliy tarixga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat hamda yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.