Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar dam olish maskanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida yoshlar bilan bevosita suhbat tashkil etilib, ularning orzu-intilishlari, tashabbus va takliflari atroflicha tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan savollar, ayniqsa ta’lim olish, kasb-hunar egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda bandlik masalalariga doir murojaatlar alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida Namangan davlat universitetida tashkil etilgan “Namangan viloyati yoshlari muammolarini oʻrganish va tahlil qilish ilmiy-amaliy markazi” taqdimoti ham oʻtkazildi. 

Taqdimot davomida professor N.Dehqonov tomonidan markazning asosiy vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar aytib oʻtildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image