Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga oliy ta’lim muassasalari zimmasiga muhim vazifalar yuklangan.
Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 2-mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasiga Namangan viloyati IIB ma’naviy marifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati katta inspektori Xasanxo‘ja Fattohxonov, universitet profilaktika inspektori Lola Nizamova va Yuridik fakulteti tyutori Nozimjon Tursunov boshchiligida bir guruh talabalar tashrif buyurib, muassasada yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mahkumlarning hayoti va yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlarga jazoni ijro etish muassasasining faoliyati, ichki tartib-qoidalari, mahkumlarning jazoni o‘tash jarayoni, boshqaruv tizimi hamda qonunlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.