Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: yuridik talabalar sud faoliyati bilan tanishdilar

Nazariya va amaliyotni uyg‘un holda olib borish maqsadida Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari Namangan viloyati sudiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar Namangan viloyati sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Israylov Baxtiyor bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar. Suhbat jarayonida iqtisodiy sudlar faoliyatida yaratilgan sharoitlar, sud tizimida ishga qabul qilish tartibi, fakultet va sud o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari hamda talabalar uchun tizimli amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur tashrif talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image