Asosiy kontentga otish

Namangan davlat universitetida “Talaba Fest” festivali doirasida talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlashi, tanqidiy tahlil qilish qobiliyati, o‘z fikrini asosli va ravon bayon etish hamda bahs-munozara madaniyatini rivojlantirish maqsadida talaba-yoshlar ishtirokida “Ibrat” debat va “Munozara” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar belgilangan mavzular yuzasidan o‘z pozitsiyalarini dalillar asosida himoya qilib, mantiqiy fikrlash, notiqlik mahorati va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Qizg‘in va mazmunli kechgan bahslar talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, keng dunyoqarashi hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatini yaqqol namoyish etdi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image