Namangan shahrida yoshlar, talabalar va bo‘lajak mutaxassislar uchun yirik imkoniyatlar eshigi ochiladi! “Talaba Expo–2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
⚫️ Real ish beruvchilar: Nufuzli korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot;
⚫️ Bo‘sh ish o‘rinlari: O‘zingizga mos ish yoki haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka) topish imkoniyati;
⚫️ Biznes va moliya: O‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun moliyaviy maslahatlar va grantlar;
⚫️ Karyera starti: Professional muhitda birinchi aloqalarni o‘rnatish.
📆 Qachon: 11-iyun (ertaga!)
⛳ Qayerda: Namangan shahri, Turan Xalqaro universiteti.
📨Tashkilotchilar:
O‘zbekiston milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi.
‼️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Namanganning eng faol yoshlari bugun shu yerda jam bo‘lishadi. O‘z kelajagingizga bugundan investitsiya qiling!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati