“TalabaExpo–2026” Namanganda: 10 ming nafardan ziyod bitiruvchini jamlagan yirik ko‘rgazma boshlandi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- “TalabaExpo–202...
- 15.06.2026
- 01:33
- 108
Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bugun o‘z ishini boshladi.
Turon xalqaro universitetida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 10 ming nafardan ortiq bitiruvchi talabalari qatnashmoqda.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 2000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar taqdimotlari taklif etilmoqda.