Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni boshlandi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 10.07.2026
- 16:51
- 20
Bugun, 10-iyul kuni Namangan davlat universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni boshlandi.
Jumladan, Sport faoliyati: voleybol, Sport faoliyati: kurash, Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha), Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik) hamda Dizayn: sanoat dizayni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilmoqda.