Namangan davlat universitetida yangi qabul qilingan talabalarni oliy ta’lim muhitiga moslashtirish, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirish hamda yoshlarning bilim olish va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Filologiya fakulteti Jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, universitet matbuot kotibi Komilxo‘ja Otavalixo‘jayev, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Musulmon Usmonov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida jurnalistika yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning universitet hayoti, ta’lim jarayoni va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga oid fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Shuningdek, talabalarni faol va tashabbuskor bo‘lishga, bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirishga undovchi tavsiyalar berildi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish